Saida Mirziyoyeva ko‘zi ojiz bolalar bilan uchrashdi
eʼlon qilindi
( yangilandi)

O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva «Ko‘ngil kuzi» loyihasi doirasida Toshkent planetariysiga tashrif buyurdi.
U yerda ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan samarqandlik bolalar bilan uchrashdi.

«Ular orasida ijodkor va chinakam iqtidor egalari shu qadar ko‘pki, bundan benihoya quvondim», – dedi prezident yordamchisi.

Ishtirokchilar oʻz ijodi bilan boʻlishishdi va keyin Dot Pad texnologiyasi orqali quyosh sistemasiga «ushlab koʻrish» imkoniga ega boʻldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Saida Mirziyoyeva talabalar bilan uchrashgani haqida yozgan edi.