Transport vazirligining xabar berishicha, joriy yilning dekabr oyi oʻrtalariga kelib, Toshkent jamoat transportida toʻlovlarning 64 foizi elektron shaklda amalga oshirilgan.
Ma’lum qilinishicha, bugunni kunda poytaxt aholisi yoʻl haqini ATTO transport kartasi, mobil ilovalar orqali QR-kod yordamida va NFC funksiyali bank kartalari bilan toʻlashlari mumkin.
Shuningdek, vazirlik 2025-yil 1-yanvardan Toshkent shahrida avtobuslarda naqd pul qabul qilish amaliyoti to‘xtatilishini eslatib oʻtdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan jamoat transportiga ajratilgan yoʻlakdan harakatlanish uchun jarima joriy qilinishi haqida xabar bergan edi.