Xavasbek Asadullayev Osiyo chempionati oltin medalidan mahrum etildi
O‘zbekistonlik bokschi Xavasbek Asadullayev finalda qozog‘istonlik raqibi Ablayxon Jussupovni mag‘lub etib, Osiyo chempioni unvonini qo‘lga kiritgan edi. Biroq jang davomida Asadullayev raqibini tishlab olgani sababli Osiyo boks konfederatsiyasi tomonidan diskvalifikatsiya qilindi. Natijada oltin medal Ablayxon Jussupovga topshirildi.
Qozog‘iston bokschilar federatsiyasining noroziligi asosida konfederatsiya, Osiyo elita bokschilar chempionati texnik delegati, Irlandiyadan Sadie Daffi xonim, O‘zbekistonning Andijon shahridan bo‘lgan Xavasbek Asadullayevni engil o‘rta vazn (71 kg) finalida qilgan jiddiy qoida buzilishi sababli diskvalifikatsiya qilishga qaror qildi.
Bu harakat T&C qoidalari bo‘yicha 21.1.8-modda bilan «raqibni tishlash» deb belgilangan bo‘lib, hakam tomonidan e’tibordan chetda qoldirilgan, ammo keyinchalik aniqlangan.
T&C qoidalarining 19.8.1-moddasiga asosan, agar bokschi har qanday sabab bilan diskvalifikatsiya qilinsa, Qozog‘iston vakili Ablayxon Jussupov diskvalifikatsiya (DSQ) orqali g‘olib deb e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonlik Farzona Fazilova Osiyo chempioni bo‘lgani haqida yozgan edik.