Yangiliklar

Adliya vazirligi «ma’naviy ekspertiza»ni bekor qildi

Buni nazarda tutgan hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan
Foto: Pixabay.com

Adliya vazirligi mediakontentni «ma’naviy ekspertizadan o‘tkazish» amaliyotini bekor qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, bunday ekspertizani o‘tkazishni nazarda tutgan hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan.

Shu sababli mamlakatda mediaproduct faqat qonuniylik jihatidan ekspertizadan o‘tkazilishi mumkin.

Adliya vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markaziga qonunlarga zid bo‘lgan mediakontentni olib tashlash bo‘yicha tavsiyalar berdi.

«Ma’naviy ekspertiza»ni joriy etish tashabbusi Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Xasanov tomonidan ilgari surilgan edi, bu esa jamoatchilikda turlicha baholandi.

Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, loyiha bolalar va yosh avlod ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan mediakontent tarqalishining oldini olishga qaratilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq farmatsevtika mahsulotlari boʻyicha davlat xaridlari toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida amalga oshirilishi haqida yozgan edik.