NASA olimlari Mars vertolyoti Ingenuity’ning halokatga uchrash sababini aniqladilar. Bu haqda IXBT sahifasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, vertolyot Jezero krateri atrofidagi nisbatan tekis yuzada yetarlicha ma’lumot ololmagan. Natijada navigatsiya tizimi aniq joylashuvni belgilay olmadi. Pasayish jarayonida vertolyot vertikal yo‘nalishda emas, balki gorizontal harakatlanib, yerga urilgan va barcha to‘rtta qanoti sinib ketgan.
Tadqiqotchilar bu xulosaga chegara bilan ishlangan ma’lumotlar va tasvirlar asosida keldi. Chunki vertolyotda «qora quti» yo‘q edi. NASA reaktiv harakat laboratoriyasining birinchi piloti Xovard Gripning so‘zlariga ko‘ra, yuzaning teksturasining yetishmasligi navigatsiya tizmasiga juda kam ma’lumot berib, bu holat vertolyotning ag‘darilishiga olib keldi.
Ma’lumot uchun, Ingenuity Marsda amalga oshirgan 72 ta parvozi bilan tarix yaratdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp NASA rahbarligiga millarder Jared Ayzekmanni nomzod sifatida ko‘rsatgani haqida yozgan edik.