«Vivo Conformation» MChJ moliyaviy jarimaga tortildi
Iqtisodiy konsentratsiyaga doir monopoliyaga qarshi talablarni buzgan «Vivo Conformation» MCHJga moliyaviy jarima qoʻllanildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, «Raqobat toʻgʻrisida»gi qonuni 26-moddasiga muvofiq, iqtisodiy konsentratsiyani tashkil etuvchi bitimlarda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish talab qilinadi. Agar bitim tomonlarining aktivlari va tushumlari belgilangan meʼyorlarga yetsa, ular monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olishlari shart.
Bundan koʻra, «Vivo Conformation» MCHJ tomonidan 2023-yil 24-sentyabrda «Bek Max House» MCHJni qoʻshib olish bitimi tuzilib, monopoliyaga qarshi organning roziligisiz amalga oshirilgani aniqlandi.
Qoʻmitaning Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi Maxsus komissiyasi «Raqobat toʻgʻrisida»gi qonun talablarining buzilishi bo‘yicha «Vivo Conformation» MCHJga moliyaviy jarima qoʻllashga qaror qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Raqobat qoʻmitasi Yandex Go’ga taksi xizmatlari narxini pasaytirish majburiyatini yuklagan edi.