Abbosbek Fayzullayev 2024-yildagi Oʻzbekistonning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol federatsiyasining hisobot kongressida ma’lum qilindi.
Moskvaning «SSKA» klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasining 21-yoshli yarim himoyachisi ketma-ket ikkinchi marta mamlakatning eng yaxshi futbolchisi unvoniga sazovor boʻldi.
Shu bilan birga, ushbu unvonga da’vogarlar orasidan Eronning «Fulad» klubi darvozaboni Oʻtkir Yusupov va Fransiyaning «Lans» klubi himoyachisi Abduqodir Husanov bor edi.
Ilk marotaba Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritib, jamoasi bilan birgalikda tarixiy natija qayd etgan Oʻzbekiston U23 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze «Yilning eng yaxshi murabbiyi» deb topildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi yetakchisi Diyora Habibullayeva – «Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi» deb topildi.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston terma jamoasi va «Lans» klubi himoyachisi Abduqodir Husanovning transfer narxi 12 mln yevroni tashkil etgani haqida yozgan edi.