Noqulay ob-havo sabab Ural Airlinesʼning ikkita reysi Samarqanddan Toshkentga yoʻnaltirildi
eʼlon qilindi
Kuchli qor yogʻishi, ko‘rish yomonlashgani va uchish-qoʻnish yoʻlagining sirpanchiqligi tufayli

Samarqanddagi noqulay ob-havo sabab Ural Airlines aviakompaniyasining ikkita reysi Toshkentdagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportga qoʻnishga majbur boʻldi.
Ma’lum qilinishicha, U6-2771 Moskva – Samarqand (Airbus A321-211, RA-73793) va U6-2871 Yekaterinburg – Samarqand (Airbus A320-214, RA-73809) reyslari kuchli qor yogʻishi, koʻrish yomonlashgani va uchish-qoʻnish yoʻlagining sirpanchiqligi tufayli oʻz manzilini oʻzgartirdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Nyu-Yorkka uchgan samolyot Toshkentga qaytishga majbur boʻlgani haqida xabar bergan edi.