Oʻzbekistonda barcha kommunal xizmatlar bitta paketda taqdim etiladi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Kelgusi ikki yilda
                    
                            
Kelgusi ikki yilda barcha kommunal xizmatlar bitta paketda taqdim etiladi. Ular boʻyicha qarzlar jamlanadi. Bu haqda «Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov ma’lum qildi.
Uning aytishicha, deputatlar qonunni birinchi oʻqishda ma’qullagan. Bundan tashqari, hujjatda sifatsiz xizmat koʻrsatish uchun chora nazarda tutilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan kommunal tarmoqlarni boshqarish xususiy sektorga oʻtkazilishi haqida yozgan edi.
