Sobiq futbolchi Mixail Kavelashvili Gruziya prezidenti boʻldi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Uning nomzodini 300 nafar saylovchining 224 nafar a’zosi qo‘llab-quvvatladi
Foto: REUTERS/ Irakli Gedenidze

Sobiq futbolchi Mixail Kavelashvili Gruziyaning yangi prezidenti boʻldi. Uning nomzodini saylovchilar hay’atining 300 nafar a’zosidan 224 nafari qo‘llab-quvvatladi. Kavelashvili avvalroq uch marta parlament deputati boʻlgan.

Gruziya tarixida birinchi marta prezidentlik saylovi toʻgʻridan-toʻgʻri ovoz berish orqali emas, balki 300 nafar ishtirokchidan iborat saylovchilar hay’ati orqali oʻtkazildi. Muxolifat vakillari amaldagi hokimiyatning noqonuniyligini aytib, jarayonda ishtirok etishdan bosh tortdi.

Saylov jarayonini Gruziya Markaziy saylov komissiyasi nazorat qildi. Ovozlarni sanab chiqish yakunlangach aynan MSK Mixail Kavelashvilini rasman mamlakatning yangi prezidenti deb e’lon qildi.

Kavelashvili noyabr oyi oxirida hukmron «Gruziya orzusi» partiyasi tomonidan prezidentlikka nomzod qilib koʻrsatilgan. U oʻtmishda iste’dodli futbolchi boʻlib, Tbilisining «Dinamo», Vladikavkazning «Alaniya», Angliyaning «Manchester Siti» klublarini himoya qilgan. 2018-yildan beri Kavelashvili Gruziya parlamentida «Gruzin orzusi» manfaatlarini himoya qilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Gruziya hukumatiga qarshi sanksiyalar e’lon qilganini yozgan edi.

Shuningdek