16-dekabr kuni O‘zbekiston yo‘llarida yaxmalak bo‘ladi
eʼlon qilindi
Poytaxtda kechasi 13-17 daraja sovuq bo‘ladi

Bugun, 16-dekabr kuni Farg‘ona viloyatining ba’zi hududlarida qor yog‘adi. Boshqa viloyatlarda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Yo‘llarda yaxmalaklar bo‘ladi. O‘rtacha havo harorati 5 daraja sovuq bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.
Toshkent shahrida havo ochiq bo‘ladi. Yo‘llarda yaxmalaklar bo‘ladi. Kunduzi havo 3-5 daraja sovuq, kechasi 13-17 daraja sovuq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ham yo‘llarda yaxmalak bo‘ladi, biroq yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kunduzi 8-13 daraja sovuq bo‘ladi.