Ayrim hududlarda amalga oshirilgan tender savdolarida raqobatni cheklovchi yoki cheklashga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlar aniqlandi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Buxoro viloyatida Jondor tumani tibbiyot birlashmasining 210 mln soʻmlik tenderi, Fargʻona viloyatida Quva tumani tibbiyot birlashmasining 340 mln soʻmlik tenderi, Andijon viloyatida Andijon davlat tibbiyot instituti akademik litseyi uchun 212 mln soʻmga tender hamda Jizzax viloyatida Respublika tez tibbiy yordam markazi Jizzax filiali uchun 318 mln soʻmlik tenderlar.
Raqobat qoʻmitasi tomonidan olib borilgan tekshiruvlar natijasida «Raqobat toʻgʻrisida»gi va «Davlat xaridlari toʻgʻrisida»gi qonunlar talablariga rioya qilinmagani aniqlandi. Shuningdek, bu holatlar davlat xaridlarining samaradorligini pasaytirgan.
Bunday qonunbuzarliklarni bartaraf etish maqsadida buyurtmachilar ixtiyoriy ravishda tender savdolarini bekor qilishga qaror qilishdi. Jami 7,2 mlrd soʻmlik tenderlar bekor qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Vivo Conformation» MChJ qo‘mita maxsus komissiyasi tomonidan moliyaviy jarimaga tortilgan edi.