Aviatsiyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga qo‘shgan hissasi qanday
Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) joriy yilda aviatsiyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga qo‘shgan hissasini $795,5 mln yoki yalpi ichki mahsulotning 0,9 foizi deb baholadi.
Aviatsiyaning iqtisodiyotga bevosita ta’sirining ikkita asosiy ko‘rsatkichi, bu – ish o‘rinlari soni va aviatsiya sektori, shu jumladan aviakompaniyalar, aeroportlar operatorlari va ularning hududidagi korxonalar, aeronavigatsiya xizmatlarini yetkazib beruvchilar va ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan YaIMga qo‘shgan hissasi.
Oʻzbekistonda aviatsiya sohasida bevosita 12 400 kishi band boʻlib, ular $96,5 millionlik tovar va xizmatlar ishlab chiqaradilar, bu mamlakat yalpi ichki mahsulotining 0,1 foizini tashkil etadi.
Aviatsiyaning iqtisodiyotga ta’siri faqat bevosita parvozlar bilan cheklanmaydi. Kengroq ta’minot zanjirlari, turizm va boshqa sohalardagi faoliyat ham bunga katta hissa qoʻshib, jami $795,5 millionlik iqtisodiy samara va 128 300 ta ish oʻrnini ta’minlaydi.
Aviatsiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan turizm mamlakat yalpi ichki mahsulotiga $282,9 mln miqdorida hissa qo‘shadi, unda 54 400 kishi ishlaydi.
Assotsiatsiyaning hisob-kitoblariga ko‘ra, xalqaro sayyohlar har yili mahalliy tadbirkorlardan tovarlar va xizmatlarni sotib olib, O‘zbekistonda $2 milliardga yaqin mablag‘ qoldiradi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekistonda barcha turdagi transportlarga chipta sotib olish uchun yagona platforma paydo bo‘lishi haqida yozgan edi.