Bitkoin narxi $105 mingdan oshdi
eʼlon qilindi
Coincapmarket platformasi ma’lumotlariga ko‘ra
16-dekabr kuni, O‘zbekiston vaqti bilan soat 12:41 ga ko‘ra, bitkoin narxi $105 mingdan oshdi. Bu haqda Coincapmarket platformasi xabar berdi.
So‘nggi bir soat ichida kriptovalyuta narxi deyarli 1 foizga pasaydi. Biroq hafta davomida bitkoin 5,59 foizga ko‘tarildi.
Ethereum kriptovalyuta narxi ham yetti kun ichida 1,41 foizga o‘sdi va hozirda qiymati $3.97 mingga yetdi.
Kursiv Uzbekistan avvalroq birinchi kriptovalyutaning o‘sishi sabablari haqida yozgan edi.