Yangiliklar

Centrum Air samolyoti aeroportdagi qor tozalash ishlari tufayli Namanganga qo‘na olmadi

Samolyot Farg‘onaga yo‘l olgan
Foto: Margo Brodowicz / Unsplash

Madinadan Namanganga uchayotgan Centrum Air aviakompaniyasining C63338 reysi shahar aeroportiga qo‘na olmadi. Bu haqda Tashkent Sky News Telegram-kanali xabar berdi.

Unga ko‘ra, hodisaga uchish-qo‘nish yo‘lagidagi qor tozalash ishlari sabab bo‘lgan. Shundan so‘ng samolyot ekipaji Farg‘onadagi aerodromga jo‘nab ketishga qaror qildi.

Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekistonda havo harorati -5° gacha tushadi.

Kursiv Uzbekistan nashrining yozishicha, bundan bir kun avval, 15 dekabr kuni Samarqanddagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli Ural Airlinesning ikkita samolyoti Toshkentga qo‘ngan.