Ikki oy ichida 112 ta kompaniya IT Park rezidenti boʻldi
Joriy yilning oktabr – noyabr oylarida 112 ta eksportchi kompaniya IT Park rezidenti maqomini oldi, deb xabar qildi texnoklaster matbuot markazi.
Ma’lum qilinishicha, ulardan 59 tasi Amerika, Xitoy, Buyuk Britaniya sarmoyadorlari ishtirokida tashkil etilgan.
Yangi rezident-eksportyorlar orasida 48 ta kompaniya autsorsing xizmatlarini amalga oshirmoqda, 41 ta kompaniya IT xizmatlarini koʻrsatmoqda. Shu bilan birga, toʻrtta firma kreativ industriya va gamedav sohasida ishlaydi.
Shuningdek, Oʻzbekiston IT sohasiga Yaponiya, Xitoy, Portugaliya hamda Yevropa va Osiyo mamlakatlarining kompaniyalari qiziqish bildirmoqda. Rezident maqomini olgan kompaniyalar birinchi yilda $70 millionlik xizmatlarni eksport qilishi kutilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan dekabr oyi boshida «Bir million dasturchi» dasturining yangi mavsumi boshlangani haqida yozgan edi.