153 ming o‘zbekistonlikka xorijdan ish topishga ko‘mak berildi

eʼlon qilindi
Joriy yilning o‘tgan 11 oyi davomida
Foto: Alla Serebrina/Depositphotos

Joriy yilning oʻtgan 11 oyi davomida Migratsiya agentligi 153 ming nafar o‘zbekistonlikka chet elda ish topishda koʻmaklashdi. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu davrda ishga yuborilgan fuqarolarning 62,7 foizi an’anaviy migratsiya davlatlaridan tashqari Yevropa va Osiyoning rivojlangan 15 mamlakatida ish bilan ta’minlangani qayd etildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Migratsiya agentligi va Samsung 800 nafar o‘zbekistonlikni ishga olish bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida yozgan edi.

Shuningdek