«Toshkent» fond birjasida oʻzgaruvchan hafta: 10 kompaniya aksiyalari pasaydi, 10 tasi oʻsishga erishdi
«Toshkent» respublika fond birjasidan (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalar ortda qolgan haftada har xil dinamikani koʻrsatdi. Kursiv Uzbekistan hafta davomida RFBdagi qimmatli qogʻozlarning oʻzgarishini oʻrganib chiqdi.
6-dekabrdan 14-dekabr sanasigacha UCI fond deyarli oʻzgarishsiz qoldi. Qimmatli qogʻozlari oʻsishga erishgan kompaniyalar qatoridan «OʻzRTXB» (+5,85), «Oʻzsanoatqurilishbank» (+8,38) va «Ipak yoʻli bank» (+6,11) joy oldi.
Oʻz navbatida, haftani salbiy yakunlaganlar kompaniyalar qatoridan «Aloqabank» (-17,02 foiz), «Hamkorbank» (-8,82 foiz) va «Chilonzor buyum savdo kompleksi» (-16,53) aksiyalarini koʻrish mumkin.
Hafta davomida eng koʻp bitimlar amalga oshirilgan kompaniyalar roʻyxatidan esa «Chilonzor buyum savdo kompleksi» (511 ta), «OʻzRTXB» (812 ta) va «Aloqabank» (408 ta) oʻrin oldi.
Umuman olganda, bozor dinamikasi turlicha boʻldi, ba’zi aksiyalar sezilarli darajada oʻsdi, ayrimlari esa keskin pasaydi. 23 ta yuqori likvidli aksiyalardan 10 tasi haftani yashil rangda yakunlagan boʻlsa, uchtasi oʻzgarishsiz qoldi, shuningdek, qolgan 10 ta kompaniya aksiyalari tushdi. Mazkur davrda «Toshkent» respublika fond birjasida 41,33 mlrd milliard soʻmlik 5,3 mingta bitim amalga oshirildi.