Yangiliklar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Qator tayinlovlar amalga oshirildi
Foto: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasiga avval vazir oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan Abdulaziz Haydarov tayinlandi.

Gʻaznachilik xizmatining sobiq rahbari Murodbek Otajonov esa vazirlik huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi direktori boʻldi.

Shuningdek, Umid Abidxadjayev iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari etib tayinlandi. U bunga qadar 2021-yil may oyidan beri Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Bundan tashqari, Ilhom Umrzakov ham iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari boʻldi. U Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish departamentini boshqargan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan iqtisodiy kompleksdagi 297 nafar rahbar ishdan boʻshatilgani haqida xabar bergan edi.