O‘zbekistonning uch viloyatidagi «zapravka»da benzin noqonuniy sotildi
eʼlon qilindi
Ularning birja savdolariga kirishi cheklandi
Farg‘ona viloyatidagi yonilg‘i quyish shoxobchasida viloyat aholisi uchun mo‘ljallangan 3,7 ming tonna AI-80 benzini ulgurji sotilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda «O‘zA» xabar berdi.
Shuningdek, Andijon viloyatidagi beshta, Buxoro viloyatidagi bitta «zapravkada» shu kabi qoidabuzarliklar aniqlandi.
Ma’lumot uchun, yonilg‘i quyish shoxobchalarida benzinni ulgurji sotish taqiqlangan bo‘lib, endi ushbu shoxobchalar vaqtincha savdo birjasidan yonilg‘i xarid qila olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, auksionga qo‘yilgan benzinning kunlik hajmi ikki barobarga oshiriladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonda propan arzonlashayotgani haqida yozgan edi.