Yangiliklar

Xitoy chet elliklar uchun vizasiz tranzit muddatini 10 kungacha uzaytirdi

Bu 50 dan ortiq mamlakat fuqarolariga amal qiladi
Foto: Qilai Shen/Bloomberg/Getty Images

Xitoy chet ellik sayohatchilarni yanada ko‘proq jalb qilish maqsadida vizasiz tranzit muddatini 240 soatga, ya’ni 10 kunga uzaytirishga qaror qildi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, endilikda sayohatchilar Xitoyga kirib, uchinchi mamlakatga yoki hududga o‘tishdan oldin 10 kungacha vizasiz qolishlari mumkin.

Yangi siyosat 50 dan ortiq mamlakat fuqarolariga, jumladan AQSh fuqarolariga, tranzit imkoni yaratadi. Ushbu dastur, sayohatchilar Xitoyga kirishda vizasiz, shuningdek, faqat o‘zlari kiritilgan shaharlarda va uning atrofida sayohat qilish imkonini beradi. Bu yangilik Xitoyga kirgan chet elliklar soni 2024-yilning uchinchi choragida rekord darajaga yetgani ortidan amalga oshirildi.

Bundan tashqari, Xitoyning yirik to‘lov tizimlari WeChat va AliPay xalqaro kredit kartalarini qabul qilishni boshladi, bu esa chet ellik sayohatchilar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratadi. Xitoy hukumatining ushbu o‘zgarishlari mamlakatning turizm sektori va iqtisodiyoti uchun ijobiy natijalar keltirishi kutilyapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilgani haqida yozgan edik.