Xitoy rekord miqdordagi budjet defitsitini rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Kelgusi yil uchun
Foto: Reuters/Aly Song

Xitoy hukumati 2025-yilda budjet defitsitini yalpi ichki mahsulotning (YAIM) 4% ga yetkazishga qaror qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, bu mamlakat tarixidagi eng yuqori defitsit ko‘rsatkichi bo‘ladi. Yangi rejaga muvofiq, iqtisodiy o‘sish 5% atrofida bo‘lib qoladi.

Bu qaror 2024-yil uchun dastlab belgilangan YAIMning 3% defitsit maqsadiga qaraganda ancha oshirilgan. Yangi defitsit rejalari, Xitoyning «yanada faol» fiskal siyosatini davom ettirishni maqsad qilgan Markaziy Iqtisodiy Ishlar Konferensiyasi va Politbyuro yig‘ilishida belgilangan.

2025-yilda qo‘shimcha xarajatlar taxminan 1.3 trln yuanni ($179,4 mlrd) tashkil etadi. Xitoy hukumati yangi rag‘batlantirish chora-tadbirlarini budjetdan tashqari maxsus obligatsiyalar chiqarish orqali moliyalashtiradi. Ushbu maqsadlar rasmiy ravishda mart oyidagi yillik parlament sessiyasida e’lon qilinishi kutilmoqda, ammo ular o‘zgartirilishi ham mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy chet elliklar uchun vizasiz tranzit muddatini 10 kungacha uzaytirgani haqida yozgan edik.

Shuningdek