18-dekabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir va qor yog‘adi
eʼlon qilindi
Tog‘li hududlarda tuman tushadi, qor yog‘adi va yo‘llar muzlaydi

18-dekabr kuni respublikaning shimoliy hududlarida yomg‘ir va qor yog‘adi. O‘rtacha havo harorati 7-10 daraja iliq bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati xabar berdi.
Toshkentda kunning birinchi yarmida yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalaklar bo‘ladi. Kunduzi havo 6-8 daraja iliq, kechga kelib 2-4 daraja sovuq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda tuman tushadi, qor yog‘adi va yo‘llar muzlaydi. Kunduzi havo 5 darajagacha iliq, kechasi esa 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.