Ekolog Aleksandra Zaslavskayaga qo‘yilgan ayblovlar olib tashlandi

eʼlon qilindi
Buni uning o‘zi tasdiqladi
Foto: Facebook/ Anastasiya Pavlenko sahifasidan

Zarafshon milliy tabiat bog‘ining ilmiy xodimi Aleksandra Zaslavskaya firibgarlikda ayblovlardan ozod qilindi. Bu haqda Kursiv Uzbekistanga Zaslavskayaning o‘zi xabar berdi.

Unga ko‘ra, 17-dekabr kuni Jomboy tumanining huquqni muhofaza qiluvchi organlari Zaslavskayaning ushlanishi haqida ma’lum qilgan edi. Unga firibgarlikda ayblov qo‘yilgan edi.

«Samarqandskiye vesti» gazetasining bosh muharriri Anastasiya Pavlenko xabar berishicha, ayblovlar ekologning milliy bog‘dagi reabilitatsiya markazi uchun xayriya mablag‘larini to‘plashga urinishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Keyinchalik Zaslavskaya ozod qilindi.

Kursiv Uzbekistan Jomboy tumanidagi ichki ishlar bo‘limiga vaziyatni aniqlashtirish uchun murojaat qildi. Ammo nashr jurnalistiga Samarqand viloyati IIB ga murojaat qilish tavsiya qilindi, ammo u yerda ham javob olish imkoni bo‘lmadi.

Kursiv muxbiri bilan suhbatda Zaslavskaya holatni tasdiqladi. U ayblovlarni milliy bog‘ning rahbariyati uni ishdan bo‘shatish uchun qilganini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ekolog Aleksandra Zaslavskaya hibsga olingani haqida yozgan edik.

Shuningdek