Fargʻonada yonilgʻi quyish shoxobchasida sodir boʻlgan portlashda halok boʻlganlar soni toʻrt kishiga yetdi
Fargʻonada yoqilgʻi quyish shoxobchasida sodir boʻlgan portlashda halok boʻlganlar soni toʻrt kishiga yetdi. Bu haqda viloyat Ishki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 17-dekabr soat 13:45 larda Fargʻona shahar, Yangiyoʻl mahallasidagi Petrolium propan gaz quyish shoxobchasida 5 metr kub sigʻimli konteynerga gaz quyish jarayonida yoriq kelib chiqib, gaz moddasi tashqariga sizib chiqishi oqibatida portlash va yongʻin sodir boʻlgan.
Natijada 1 nafar fuqaro voqea joyida halok boʻlgan, shu hududda boʻlgan bir nechta fuqarolar turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan ulardan 3 nafari shifoxonada vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Fargʻonadagi yonilgʻi quyish shoxobchasida sodir boʻlgan yongʻin oqibatida bir kishi vafot etgani haqida xabar bergan edi.