Adliya vazirligi tomonidan «Kripto aktivlar aylanishi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida»gi buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Mazkur hujjatga koʻra, kripto-aktivlar sohasida faoliyat yurituvchi xizmat koʻrsatuvchilar uchun davlat boji miqdori bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) quyidagi koʻrsatkichlariga teng qilib belgilandi:
- Kripto birja uchun — 73 400 baravar;
- Mayning pul uchun — 3 000 baravar;
- Kripto depozitariy uchun — 7 000 baravar;
- Kripto doʻkon uchun — 3 700 baravar.
Eslatib o‘tamiz, bitta BHM 2024-yil 18-dekabr holatiga ko‘ra 375 ming so‘mni tashkil etadi.
Davlat boji xizmat koʻrsatuvchi faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olish chogʻida toʻlanadi va belgilangan miqdorlar toʻlash sanasida amal qilayotgan bazaviy hisoblash miqdoriga asoslanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Telegram asoschisining kriptovalyutasi Toncoin Oʻzbekistonda rasman paydo boʻlgani haqida xabar bergan edi.