Bosh prokuratura Lion Parkdagi hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Unga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining «Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish» moddasi bilan ish qo‘zg‘atilgan.
Eslatib oʻtamiz, 17-dekabr kuni Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi Lion Park hayvonot bogʻida uchta sher oʻz qafasidan chiqib, 44-yoshli qorovulni oʻldirgan edi.
Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, ikkita sher trankvilizatorlar bilan evtanizatsiya qilingan, uchinchisini mahalliy ovchi otib tashlagan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Surxondaryo viloyatidagi aholi turarjoylarida bo‘rilar to‘dasi yurgani haqida yozgan edi.