Moskvadagi portlashda ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

eʼlon qilindi
Natijada ikki nafar oliy harbiy ofitseri halok bo‘lgan
Foto: RIA Novosti

18-dekabr kuni, Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) Moskvada portlash uyushtirishda gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olindi. U 29 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib chiqdi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.

FSB ma’lumotlariga ko‘ra, portlash natijasida general-leytenant Igor Kirillov va uning yordamchisi mayor Igor Polikarpov halok bo‘lgan.

Rossiya Tergov qo‘mitasi rasmiy vakili Svetlana Petrenkoning ma’lumotiga ko‘ra, so‘roq davomida gumonlanuvchi Qurbanov Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan yollanganini bildirgan.

Qurbanovning so‘zlariga ko‘ra, u portlovchi vositani general-leytenant yashaydigan turar-joy binosining kiraverishida to‘xtab turgan elektr samokatga joylashtirgan. Ushbu jinoyat uchun unga $100 ming miqdorida mukofot va’da qilingan, shuningdek, yashash uchun Yevropa davlatlaridan biriga borish imkoniyati taklif qilingan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Lipetsk koloniyasidan qochgan o‘zbekistonliklar qo‘lga olingani haqida yozgan edi.

Shuningdek