Rossiya Federatsiyasiga karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirishda «Texnoprom» MChJning vaqtinchalik saqlash omborida Oʻzbekistondan olib kelingan 18,5 tonna pomidorning bir partiyasi aniqlandi.
Maʼlum boʻlishicha, pomidor mevalarining jigarrang ajin virusi (Tomato brown rugose fruit virus) bilan zararlangan. Nijniy Novgorod filiali mutaxassislari oʻtkazgan laboratoriya ekspertizasi bu faktni tasdiqladi.
«Rosselxoznadzor» pomidor mevalarining jigarrang ajin virusining yopiq tuproqdagi sabzavot ekinlari uchun jiddiy xavf tugʻdirishini taʼkidlab oʻtdi. Virus turli yoʻllar bilan plantatsiyalarga kirib, tez tarqalishi mumkin. Hozirgi kunda virus Yevropa, Osiyo va Amerika mamlakatlarida aniqlanib, pomidor yetishtirishga jiddiy zarar yetkazgan.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda pomidor eksporti besh foizga kamaygani haqida xabar bergan edi.