2024 yil 17-dekabr kuni Rossiya huquq-tartibot organlari O‘zbekiston fuqarosi Ahmad Qurbonovni hibsga oldi. U Rossiya harbiy xizmatchisi, kimyo himoyasi qo‘shinlari boshlig‘i Igor Kirillovni o‘ldirganlikda gumon qilinmoqda. Kursiv Uzbekistan Ahmad Kurbanov haqida ma’lumot to‘pladi.
FSB ma’lumotlariga ko‘ra, Ahmad Qurbonov 1995-yilda O‘zbekistonda tug‘ilgan. Shuningdek, OAVda hibsga olingan shaxsning Moskvadagi «Kazan» choyxonasida ishlaganligi haqida ma‘lumotlar mavjud.
Kurbanovning shaxsiy sahifasida ishdagi hamkasblari bilan tushgan surat ham joylashtirilgan. TASS agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi avval Kazanda yashagan va odatdagi hayot tarzini yuritgan.
«Ahmad sportga qiziqardi, ayniqsa boks bilan shug‘ullanishni yaxshi ko‘rar edi va ilgari Kazanda yashaganini bilaman. Odatdagidek hayot kechirardi», — dedi agentlik suhbatdoshi.
«VKontakte» ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik yigit oxirgi marta besh yil oldin sahifasiga kirgan. Kurbanovning bir nechta postlarida Toshkent raqamlariga ega Chevrolet Spark avtomobili ko‘rsatilgan. Ehtimol, bu transport vositasi Ahmad Kurbanovga tegishli bo‘lgan.
Shuningdek, u tergovchilarga ukraniyalik maxsus xizmatchilar tomonidan agentlikka yollanganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘ldirish uchun unga $100 ming mukofot va Yevropa Ittifoqiga chiqish va’da qilingan.
U, shuningdek, Kirillovni o‘ldirishga tayyorlanish jarayoni uzoq davom etganini ta’kidlagan. Bir necha oy oldin, u o‘ziga motorli skuter sotib olib, unga uyda tayyorlangan portlovchi qurilma o‘rnatgan. Portlovchi moddalar esa unga buyurtmachilar tomonidan berilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyicha 5 nafar shaxs hibsga olingan edi.