Yangiliklar

Mahbuslarga yaqinlari bilan videoaloqaga ruxsat berilishi mumkin

Birinchi o‘qishdayoq
Foto: Pexels.com

Oliy Majlis deputatlari mahbuslarga yaqinlari bilan videoaloqa orqali uchrashuvlar o‘tkazishga ruxsat beruvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, hujjat Jinoiy-ijroiya kodeksiga o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutadi. Xususan, mahkumlarga oila a’zolari bilan masofaviy tarzda videoaloqa orqali muloqot qilish imkoniyati taqdim etiladi. Bunday uchrashuvlarning soni jazoni o‘tash sharoitlari va rejimiga bog‘liq bo‘ladi.

Loyihani taklif qilganlar bu qonun o‘zgartishining mahkumlarning ozodlikka chiqqanidan so‘ng jamiyatga qayta integratsiyasiga yordam berishini ta‘kidlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yoʻllarga noqonuniy toʻsiqlar oʻrnatganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi haqida yozgan edik.