Toshkentdan bir nechta viloyatlarga qoʻshimcha poyezdlar qoʻyildi

eʼlon qilindi
15-dekabrdan 2025-yil 12-yanvarga qadar
Foto: Transport vazirligi

2024-yil 15-dekabrdan 2025-yil 12-yanvarga qadar yoʻlovchilarning temir yoʻl transportiga boʻlgan talabini qondirish maqsadida bir qator yoʻnalishlarda qoʻshimcha poyezd qatnovlari tashkil etiladi hamda vagonlar soni oshiriladi.

Qoʻshimcha qatnovlar:

  • Toshkent – Urganch – Toshkent yoʻnalishida 2024-yil 17-dekabrdan boshlab jami 18 ta qoʻshimcha qatnov amalga oshiriladi.
  • Samarqand – Toshkent – Samarqand yoʻnalishida 2024-yil 15-dekabrdan «Afrosiyob» tezyurar elektropoyezdi qoʻshimcha 30 ta qatnovni amalga oshiradi.

Qoʻshimcha vagonlar:

  • Toshkent – Qoʻngʻirot – Toshkent, Toshkent – Termiz – Toshkent, Toshkent – Urganch – Toshkent va Toshkent – Sariosiyo – Toshkent yoʻnalishlarida 2024-yil 20-dekabrdan boshlab har kuni 4 ta qoʻshimcha platskart vagoni qoʻshiladi.

Bu oʻzgartirishlar qishki taʼtil davrida yoʻlovchilarga qulaylik yaratish va transport xizmatlarini yaxshilash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan talabalar uchun poyezd chiptalariga 50 foiz chegirma eʼlon qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek