Yangiliklar

Umumiy qiymati $50 ming: O‘zbekistonda kichik grantlar dasturi ishga tushirildi

Arizalar 2025-yilning 31-yanvargacha qabul qilinadi
Foto: Unsplash.com

O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlari (NNO) uchun kichik grantlar dasturi boshlanishi haqida xabar berildi. Bu haqda BMTTD rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, dastur BMTning Taraqqiyot dasturi tomonidan amalga oshirilayotgan «Huquqni himoya qilish va inson huquqlarini mustahkamlash» loyihasi doirasida tashkil etilgan.

Dasturning maqsadi, ayniqsa uzoq hududlardagi zaif guruhlarga huquqiy yordamga kirish imkoniyatlarini yaxshilash va huquqiy yordam ko’rsatish salohiyatini rivojlantirishdan iborat. Grantlar huquqiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, aholining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Umumiy byudjeti $50 mingni tashkil etadigan dasturda har bir loyiha $9,9 minggacha grant olishi mumkin. Ishtirok etish uchun O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan nodavlat notijorat tashkilotlar ariza topshirishi kerak.

Arizalar 2025-yilning 31-yanvarga qadar ushbu havolada berilgan namunadan foydalangan holda (o‘zbek yoki rus tillarida) gulnoza.akhmedova@undp.org elektron manzilida qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida qo‘shma tanlov e’lon qilingan edi.