Buyuk Britaniya Oʻzbekistonning JSTga a’zo boʻlishini qoʻllab-quvvatlaydi – Britaniya elchisi

eʼlon qilindi
Trend nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi
Foto: samot / www.depositphotos.com

Buyuk Britaniyaning Oʻzbekistondagi elchisi Timoti Smart Trend nashriga bergan intervyusida Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo boʻlishi va xalqaro savdo aloqalarini kengaytirish jarayonini qoʻllab-quvvatlashini ta’kidladi.

Uning aytishicha, mamlakatlar oʻrtasidagi yillik savdo hajmi $500 millionni tashkil etadi, ammo oʻsish uchun salohiyat katta. Buning uchun infratuzilma loyihalarini rivojlantirish boʻyicha memorandum imzolandi va oʻzbekistonlik eksportchilarga imtiyozlar taklif etilmoqda.

Shuningdek, ekologiya sohasida umumiy byudjeti $70 milliondan ortiq boʻlgan CEWCA va iCRAFT dasturlari amalga oshirilmoqda. Ular issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirish, energiya samaradorligini oshirish va «yashil» iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.

Buyuk Britaniya eksport-kredit agentligi energetika, transport va sogʻliqni saqlash sohalaridagi loyihalarga 4 mlrd funt sterling ajratdi”, – deydi u.

Elchi Toshkentda boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston – Britaniya savdo-sanoat kengashining (UBTIC) infratuzilma, ta’lim va moliyaviy xizmatlar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashdagi ahamiyatini ta’kidladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tailand Oʻzbekistonning JSTga a’zo boʻlishini ma’qullagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek