Yangiliklar

Dollar 13 so‘mga qimmatlashdi

Va 12 875,06 so‘mga yetdi
Foto: Blogging Guide / Unsplash

19-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasida AQSh dollarining o‘rtacha qiymati 13,23 so‘mga o‘sib, 12 875,06 so‘mga yetdi.

Mamlakatning tijorat banklari dollarni 12 800 – 12 830 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 865 – 12 935 so‘mdan sotishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, respublikada 18-dekabr kuni AQSh valyutasining kursi 8,07 so‘mga tushgan edi.