Endi temir yoʻlda yoʻlovchilarga choy, ichimlik suvi va shakar bepul taqdim etiladi
eʼlon qilindi
Kutish zalida Wi-Fi ham qo‘yiladi
O‘zbekiston hukumatining temir yo‘l yo‘lovchilari bir qator bepul xizmatlardan foydalanishga doir yangi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, temir yo‘l transporti sohasida davlat tomonidan tartibga solinadigan va bozor tamoyillari asosida taqdim etiladigan xizmatlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Yangi tartibga ko‘ra, temir yo‘l yo‘lovchilari bir qator bepul xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ular orasida ona va bola xonasi, kutish zalida Wi-Fi, nogironlar uchun aravachalar va yo‘l davomida choy, ichimlik suvi, shakar kabi xizmatlar mavjud.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq onkologik kasallikka chalingan ayollarning bepul davolanishi haqida yozgan edik.