Avto

Kia yangi Syros krossoverini taqdim etadi

Фото: Kia

19-dekabr kuni Kia o‘zining yangi Syros kompakt krossoverini taqdim etadi. Avtomobil Hindistonda ishlab chiqarilishi tufayli xarajatlarni kamaytirish va xaridorlar uchun arzonroq narx taklif qilish rejalashtirilgan. Bu haqda Speedme nashri xabar berdi.

Dastlabki savdo Hindistonda boshlanadi, keyin boshqa bozorlarda ham sotuvga chiqadi.

Syros dizayni ixchamlik va krossover elementlarini o‘zida mujassam etgan. Model vertikal faralar, L shaklidagi orqa chiroqlar, bukiluvchi eshik tutqichlari va zamonaviy old bamper bilan jihozlanadi. Tashqi ko‘rinishi Hyundai Casper va Suzuki Jimny avtomobillarini eslatsa-da, o‘ziga xoslikni saqlab qolgan.

Фото: Kia

Yangi avtomobil yuqori darajadagi qulayliklar bilan ta’minlanadi. Unga elektr boshqaruvli ventilyatsiyali o‘rindiqlar, Bose audio tizimi, ikkita ekran, simsiz quvvatlash, panoramali tom va kruiz-nazorat kabi funksiyalar kiritilgan. Dastlab Syros benzinli dvigatel bilan sotuvga chiqadi, keyinchalik elektr versiyasi ham taqdim etilishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chery Tiggo 5x High Energy Edition avtomobilining chiqish sanasini e’lon qilganini yozgan edi.