Kontraktatsiya jarayonida 12,6 mingta Cobalt uchun shartnoma tuzildi
eʼlon qilindi
Avtomobil xaridi uchun tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov yetti kalendar kun ichida amalga oshirilishi lozim
Kontraktatsiya jarayonida Chevrolet Cobalt GX-Style AT Plus va GX Midnight AT avtomobillari uchun 12 688 ta shartnoma tuzildi, deb xabar bermoqda UzAuto Motors matbuot xizmati.
Ta’kidlanishicha, shundan 12 646 tasi One ID tizimida roʻyxatdan oʻtgan jismoniy shaxslarga, 42 tasi esa yuridik shaxslar ulushiga toʻgʻri keladi.
Jami 2,7 ming Chevrolet Cobalt GX-Style AT Plus va 9,9 mingtasi Chevrolet Cobalt GX Midnight AT avtomobili realizatsiya qilindi.
Eslatib oʻtamiz, avtomobil xaridi uchun tuzilgan shartnomalar boʻyicha toʻlov yetti kalendar kun ichida amalga oshirilishi lozim.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet Cobalt uchun kontraktatsiya boshlangani va narxlar haqida xabar bergan edi.