Otabek Bakirovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilmadi
eʼlon qilindi
Shikoyatga sabab bo‘lgan «Sag‘bon posti» ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinganiga 1,5 yildan ortiq vaqt o‘tgan
Toshkent shahar IIBB Energetika vazirining bloger va iqtisodchi Otabek Bakirovga nisbatan shikoyat arizasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik haqida qaror qabul qildi.
Bakirovning ma’lum qilishicha, Energetika vazirining shikoyatida ko‘rsatilgan vajlarni tasdiqlovchi asoslar yo‘qligi bo‘yicha tegishli ekspertiza xulosasi olingan. Shuningdek, shikoyatga sabab bo‘lgan «Sag‘bon posti» ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinganiga 1,5 yildan ortiq vaqt o‘tgani ham qaror qabul qilishda asosiy omillardan biri bo‘ldi.
Mazkur postda Otabek Bakirov tomonidan energetika sohasi va unga aloqador masalalar tahlil qilingan edi. Ushbu post shikoyatga sabab bo‘lgan.
Sag‘bon podstansiyasi bilan bog‘liq batafsil ma’lumotni ushbu havola orqali o‘qishingiz mumkin.