O‘zbekiston Jahon farovonlik reytingida Qozog‘istonga imkoniyatni boy berdi
O‘zbekiston HelloSafe tahlilchilari tomonidan tuzilgan jahon farovonlik indeksida 86-o‘rinni egalladi. Bu haqda kompaniya platformasida e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, indeks olti ko‘rsatkichga asoslanadi. Hisoblashda daromadlar va aholiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot (YaIM), tejash normasi, inson salohiyatini rivojlantirish indeksi (ISRI), shuningdek, Jini koeffitsienti (tenge ko‘rsatkichi) kabi ma’lumotlar ishlatilgan.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida reytingda eng yuqori o‘rinni Qozog‘iston egalladi. U 49-o‘rinda joylashgan. O‘zbekiston mintaqada ikkinchi o‘rinda turibdi. Reytingda uning yaqin qo‘shnilari Surinam va Mongoliya.
Turkmaniston 103-o‘rinni egallagan, Tojikiston esa 104-o‘rinda. Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng past pozitsiya Qirg‘izistonga tegishli. U 114-o‘rinda.
Reytingda eng yuqori natijalar Lyuksemburg, Norvegiya va Irlandiyada qayd etilgan. Eng past natijalar esa Mozambik, Markaziy Afrika Respublikasi va Madagaskarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonlik tadbirkor Forbes’ning top reytingiga kirgan edi.