Yangiliklar

O‘zbekiston kelgusi yilda $43 milliard investitsiya jalb qilmoqchi

300 dan ortiq loyihalar amalga oshirish uchun
Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev 2024-yildagi investitsiya natijalari va kelgusi yilgi vazifalarni muhokama qilish uchun yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2017-yildan buyon mamlakat iqtisodiyotiga $188 mlrd investitsiya jalb qilingan, shundan $87 mlrd chetdan kiritilgan. Bu yil investitsiyalar hajmi $36 mlrd.ga yetib, 560 ta yirik va o‘rta loyiha ishga tushirilgan.

Kelgusi yilda $43 mlrd investitsiya jalb qilish, 300 dan ortiq loyihalar amalga oshirish va 662 ta yangi mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Prezident, shuningdek, xorijiy investorlar bilan hamkorlikni kuchaytirish va ichki imkoniyatlarni samarali ishlatish zarurligini ta’kidladi. 2030-yilgacha eksport hajmini ikki baravar oshirish maqsadi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq farmatsevtika sohasiga $400 mln investitsiya jalb qilinishi haqida yozgan edik.