O‘zbekistonga sayyohlar oqimi yil davomida 18,8 foizga oshdi
eʼlon qilindi
Bu ko‘rsatkich 7,3 millionga yetdi
Joriy yilning 11-oyi davomida O‘zbekistonga 7,3 milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2023-yilning shu davriga nisbatan mamlakatga sayyohlar oqimi 18,8 foizga oshgan. O‘zbekistonga eng ko‘p sayyoh Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari tashrif buyurgan — 2,1 mln kishi. Uchinchi o‘rindan 1,4 mln nafar ishi bilan Qozog‘iston joy oldi.
Shuningdek, uzoq xorij davlatlari orasida O‘zbekistonga Turkiyadan — 108 ming, Hindistondan — 63,4 ming va Janubiy Koreyadan — 39,1 ming kishi tashrif buyurgan.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda noqonuniy gidlarga qarshi kurashish taklif qilingani haqida yozgan edi.