
Asosiy yangi yil archasi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi oldidagi maydonga o‘rnatildi, deya xabar bermoqda poytaxt hokimligi.
Bosh archaning rasmiy ochilishi 25-dekabrga belgilangan. Archa 35 metr balandlikda bo‘lib, 33 ming dona o‘yinchoq bilan bezatiladi. Bayram maydonida yana 4 ta kichik archa va dekorativ elementlar ham joylashtiriladi.


Ishchi guruh konstruksiyani o‘rnatish jarayonini nazorat qildi. Ishlatilayotgan materiallarning sifatini baholadi va mutaxassislar bilan ishlarning yakunlovchi bosqichlarini muhokama qildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Oʻzbekistonda asosiy archa qayerda oʻrnatilishi haqida yozgan edi.