«Real Madrid» Qit’alararo kubogida chempion bo‘ldi
eʼlon qilindi
Musobaqa 20 yil ichida birinchi marta o'tkazildi
Ispaniyaning «Real Madrid» klubi Meksikaning «Pachuka» jamoasini mag‘lub etib, Qit’alararo kubogini qo‘lga kiritdi. Bu haqda «RBK» xabar berdi.
Uchrashuv 3:0 hisobida yakunlanib, gollarga Kilian Mbappe, Rodrigo Goes va Vinisius Junior mualliflar qildi.
Shu tariqa Madrid klubi o‘z tarixida 4-bor ushbu turnir g‘olibiga aylanib, 3 martadan zafar quchgan «Milan», «Penyarol», «Boka Xuniors» va «Nasional Montevideo»ni ortda qoldirgan holda mutlaq rekordchiga aylandi.
Ma’lumot uchun, Qit’alararo kubok 1960-yildan 2004-yilgacha o‘tkazilgan bo‘lib, 2024-yildan qayta tiklandi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ispaniyaning «Real Madrid» futbol klubining sof foydasi 4 million yevroga oshib, 16 million yevroni tashkil qilgani haqida yozgan edi.