Gadjetlar

Samsung Galaxy S21, S23 va A54 uchun muhim yangilanishlar chiqarildi

Yuqori xavfli zaifliklarni bartaraf etish uchun
Foto: Samsung

Samsung kompaniyasi bir nechta model uchun yangi yangilanishlarni taqdim etdi. Bu haqda Ixbt nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, bu yangilanishlar Samsung Galaxy S21, Galaxy S21 Plus, Galaxy S21 Ultra, Galaxy S23 seriyasi va Galaxy A54 modellari uchun chiqarildi. Yangilanishning versiyasi G99xUSQSEGXK3 bo‘lib, hozirgi kunda faqat AQShda operator versiyalari uchun mavjud.

Dekabr oyida Galaxy S23, Galaxy S23 Plus, Galaxy S23 Ultra va Galaxy S23 FE uchun xavfsizlik yangilanishlari Yevropada taqdim etildi. Galaxy A54 uchun yangilanish esa AQShda operator versiyasi uchun chiqdi. Yangilanishlar Android operatsion tizimi va One UI interfeysida mavjud bo‘lgan jiddiy va yuqori xavfli zaifliklarni bartaraf etadi. Shuningdek, Exynos 2100 va Exynos 1380 kabi ba’zi Exynos SoC tizimlaridagi zaifliklar ham tuzatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Galaxy Watch 5 va 5 Pro One UI 6 yangilanish yuklash boshlangani haqida yozgan edik.