Senat kosmik faoliyat sohasini tartibga soluvchi yangi qonunni ma’qullandi

eʼlon qilindi
Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi
Foto: Pexels.com

Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida «Kosmik faoliyat to‘g‘risida»gi qonun ma’qullandi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.

Qonun kosmik faoliyatga oid asosiy tushunchalar, maqsadlar va davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi va uning huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi hamda Mudofaa vazirligining sohadagi vakolatlari aniqlashtiriladi.

Shuningdek, qonunda kosmik sohada ilmiy tadqiqotlar olib borish, yerning masofadan zondlanishi, kosmik monitoring, aloqa tizimlari va sunʼiy yo‘ldosh navigatsiya tizimlaridan foydalanish masalalari ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, kosmik obyektlarni tamg‘alash, ijaraga berish, utilizatsiya qilish va kosmik infratuzilmaning xavfsizligini taʼminlash masalalariga ham eʼtibor qaratilgan.

Mazkur qonun ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik, mudofaa va xavfsizlik sohalarida kosmik texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirib, tabiiy resurslar va aholi salomatligiga taʼsirni nazorat qilish mexanizmlarini ham belgilaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Senat 2025-yil uchun davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonunni maʼqullagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek