O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi Tashkent Pharma Park farmakologik klasterida tashkil etilgan logistika xab ishi bilan tanishdi. Bu haqida davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.
Xab 10 gektar maydonda qurilgan bo‘lib, uning hududida mehmonxona, ofis, oshxona, yotoqxona va 50 ming kvadrat metrlik omborxonalar mavjud. Loyihaning umumiy qiymati 40 million dollarni tashkil etdi.
Klaster respublika bo‘yicha 7,5 ming dorixonani dori vositalari bilan ta’minlamoqda. Shu bilan birga, logistika markazi yetkazib berish geografiyasini oshirish imkonini beradi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekiston farmatsevtika sanoatini qo‘llab-quvvatlash uchun 20 milliard so‘m ajratilishi haqida yozgan edi.