2024-yilda Oʻzbekiston YaIM oʻsish prognozi necha foizni tashkil etdi

eʼlon qilindi
Xalqaro tashkilotlar esa 5,6 foiz va 6,0 foiz orasida belgilagan
Foto: Pexels.com

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2024-yilga boʻlgan Oʻzbekiston YaIM oʻsish prognozini 6,5 foiz deb baholadi.

Unga ko‘ra, mamlakat iqtisodiyotining barqaror oʻsishi, asosiy tarmoqlarning rivojlanishi va investitsiyalarning oshishi bilan bogʻliq. 2024-yilning yangi hisoboti, soʻnggi ma’lumotlar va iqtisodiy tendensiyalar asosida shakllangan.

2024-yilning birinchi toʻqqiz oyida Oʻzbekiston iqtisodiyoti 6,6% oʻsishni koʻrsatgan. Ikkinchi choraklarda ishbilarmonlik faoliyati indeksi sezilarli oshgani, shuningdek, Google Trends ma’lumotlari asosida iste’molchilarning qiziqishi va faolligi ortishi qayd etilgan.

Markazning prognozi iqtisodiyotning jadal rivojlanishiga, sanoat va xizmat koʻrsatish sohasidagi islohotlarga asoslangan. Shuningdek, xalqaro tashkilotlar, jumladan, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki 2024-yil uchun oʻsish prognozini 5,6 foiz va 6 foiz orasida belgilagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq energetika sektoriga subsidiyalar 2028-yilda toʻxtatilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek