2024-yilda Oʻzbekiston iqtisodiyotiga $38 milliard investitsiya jalb qilindi

eʼlon qilindi
Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan boʻlib oʻtgan yigʻilishda maʼlum qildi
Foto: VadimVasenin / depositphotos.com

2024-yilda Oʻzbekiston sanoat, qishloq xoʻjaligi va xizmatlar sohasiga $38 milliard investitsiya jalb qildi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan boʻlib oʻtgan yigʻilishda ma’lum qildi.

Prezidentning ta’kidlashicha, ushbu investitsiyalar eksport hajmini $26 milliardga yetkazish va iqtisodiyotni 6,3 foizga oʻsishini ta’minlash imkonini berdi. Bundan tashqari, mamlakatda kambagʻallik darajasi 9 foizgacha pasaydi. Shuningdek, yaqin yillarda davlat va biznes oʻrtasidagi yaqin hamkorlik ushbu koʻrsatkichni 6 foizga tushirish imkonini berishi aytildi.

Davlat rahbari ish oʻrinlari yaratishda tadbirkorlarning hissasi katta ekanini aytib, soʻnggi paytda kam ta’minlangan oilalardan 387 ming nafar, nogironligi boʻlgan 40 ming nafar fuqaro ish bilan ta’minlandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yilda tijorat banklari 300 trillion soʻmdan ortiq kredit ajratishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek