2025-yilda tijorat banklari 300 trillion so‘mdan ortiq kredit ajratadi
2025-yilda Oʻzbekistonda tijorat banklari tomonidan jami ajratiladigan kreditlar hajmi 300 trillion soʻmdan oshadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan tashkil qilingan muloqot chogʻida maʼlum qildi.
Prognozlarga koʻra, joriy yil yakuniga qadar kreditlar hajmi 275 trillion soʻmni tashkil qiladi. Shuningdke, kichik biznesga beriladigan kreditlar ulushi hozirgi 28 foizdan 40 foizga oshirilib, 120 trillion soʻmga yetkaziladi.
Shu bilan birga, korxonalarning banklardagi mablagʻlari 20 trillion soʻmga oshib, 107 trillion soʻmga yetdi. Aholi omonatlari ham 25 trillion soʻmga koʻpayib, 105 trillion soʻm boʻldi.
Davlat rahbari 2025-yilda tijorat banklari davlat kafolatisiz xorijdan $6 milliard jalb qilishni rejalashtirayotganini ta’kidladi.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonga dunyoning 23 ta mehmonxona brendlari kirib kelishi kutilayotgani haqida xabar bergan edi.